2026-03-31 10:12:36
2832
Kutubxonaga _sayohat
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
📚 Kutubxonaga _sayohat
📖"Agar yolg'iz esang, hamdam kitobdur, bilim suhidagi nur ham kitobdir".
Abdurahmon Jomiy
Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markaziga yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, oilada mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida M. Zakirovkar oilasi tashrif buyurdilar. Axborot - bibliografiya xizmati xizmat rahbari kutubxona faoliyati, yangi kelgan adabiyotlar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi, kerakli adabiyotlarni tavsiya etdi hamda oilaviy kitobxonlikning ahamiyati haqida suhbat olib bordi.