Amir Temur merosi — xizmat faoliyatida muhim ma'naviy asos"
📚Aprel oyi "Amir Temur oyligi"
📖"Amir Temur merosi — xizmat faoliyatida muhim ma'naviy asos"
🇸🇱"Adolat bilan ish tutgan davlat barqaror bo'ladi"
Amir Temur
Buloqboshi tuman axborot-
kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buloqboshi tuman bo'limi hodimlariga Aprel oyi "Amir Temur oyligi" doirasida "Amir Temur merosi - xizmat faoliyatida ma'naviy asos" mavzusida ma'naviyat soati o'tkazildi. Unda buyuk bobokalonimiz davlat boshqaruvi, tartib-intizom, tezkorlik va mas'uliyat borasidagi qarashlari alohida ta'kidlandi. Ayniqsa, Temur tuzuklari asarida keltirilgan fikrlar favqulodda vaziyatlar xodimlari faoliyatiga hamohang ekanligi tushuntirildi, Amir Temur haqidagi yangi adabiyotlar, tarixiy manbalar va ilmiy izlanishlar ham tanishtirilib, xodimlar o‘rtasida fikr almashildi.