2026-04-06 16:36:57
2578
📚Kuch — adolatda, bilim — kitobda!
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
# Aprel oyi "Amir Temur oyligi"
📚Kuch — adolatda, bilim — kitobda!
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazida "Amir Temur oyligi" doirasida "Amir Temur bunyodkor shaxs" mavzusida burchak tashkil qilindi, fleshbomlar tayyorlandi. Sohibqiron Amir Temur bobomizning: "Kuch — adolatdadir" degan purma’no hikmati asrlar osha bizga yo‘lchi yulduz bo‘lib kelmoqda. Bugun biz nafaqat bu hikmatga amal qilishimiz, balki u zotdan qolgan boy ma’naviy merosni yoshlar ongiga singdirishimiz kerak. Tariximizni bilish - bu o'zligimizni anglashdir. Kitobxonlik orqali biz ajdodlarimizni buyuk ishlari, mardligi va ilmiy merosini o'rganib, ularni e'zozlashimiz hamda kelajak avlodga yetkazishimiz oldimizdagi vazifalardan biridir.