Buloqboshi tumani, Andijon viloyati 91-497-30-47
O'zbekcha
2026-04-09 12:05:24 2564

📚 Sayyoralar saltanati sultoni "Zakovat " intellektual o'yini

Asosiy rasm
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari

📚"Sayyoralar saltanati sultoni" zakovat intellektual o'yini 

"Kuch adolatdadir"
                              Amir Temur 
Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazida haftaning har payshanba kuni "Yoshlar kuni" munosabati bilan Aprel oyi — "Amir Temur oyligi" doirasida yoshlarning bilim va tafakkurini, intellektual salohiyatini oshirish, ularda tarixiy merosimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida "Sayyoralar saltanati sultoni" mavzusida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda "Temur lashkarlari", "Temuriylar", "Sohibqiron avlodlari" jamoalari ishtirok etdi. Bellashuv davomida qatnashchilar faol ishtirok etib, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tadbir yakunida "Temur lashkarlari" jamoasi g'olib deb topilib, markazning faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Teglar: #Kutubxona #Kitobxonlik #Buloqboshi
Ulashish: