"Do‘stlik ko‘prigi" Ijodiy uchrashuv
📚 "Kitobsevar millat" VI Respublika kitobxonlik haftaligi
"Do‘stlik ko‘prigi" Ijodiy uchrashuv
Buloqboshi tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim o'zbek-qirg'z maktabida o‘ziga xos ma’naviyat tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi, taniqli shoir va adib Farid Usmonning 80 yillik yubileyi oldidan tashkil etilgan ushbu uchrashuv "Do‘stlik ko‘prigi" deya nomlandi.
🤝Uchrashuvda o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi, mushtarak urf-odatlari o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’riy kompozitsiyalarda mahorat bilan namoyon etildi.
🎤 Ijodiy muloqotda adibga hamrohlik qilgan quyidagi ijodkorlar so‘zga chiqib, yoshlarga adabiyotning inson kamolotidagi o‘rni haqida so‘zladilar:
Abdurashid Ergashev —shoir
Maxmudjon Iboyev — adib
Maxmudjon G‘oziyev — jurnalist.
Mazkur uchrashuv Buloqboshi tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi va viloyat telekanali (ATV) ijodkorlari tomonidan tasvirga olindi.