2026-04-16 14:40:53
2951
“Ijodga baxshida umr”
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
#Kitobxonlik haftaligi
#Ijodiy uchrashuv
📚 “Ijodga baxshida umr”
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazida “Ijodga baxshida umr” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbir mehmoni — ijodkor jurnalist Abdumahmud Goziyev o‘zining ijodiy faoliyati, jurnalistik tajribasi hamda hayotiy kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv davomida muallifning “Hovli” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Asar mazmuni, yaratilish jarayoni hamda unda yoritilgan hayotiy voqealar haqida batafsil ma’lumot berildi. O'quvchilar tomonidan ijodkorning she'rlari o'qildi.Tadbir yakunida ishtirokchilarga muallif tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Mazkur uchrashuv ko'tarinki ruhda bo'lib o`tdi