2026-05-04 14:14:05
2450
Birga birga oʻqiymiz . Kitobxon bolalar-kelajak egalari
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
#Birga birga oʻqiymiz
#Kitobxon bolalar-kelajak egalari
📖 “Ilm va tarbiya kitob orqali kamol topadi.”
✍️ Mahmudxo‘ja Behbudiy
Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda 4-sinf oʻquvchilari ishtirokida “Birga birga oʻqiymiz” loyihasi doirasida “Kitobxon bolalar – kelajak egalari” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga kitob mutolaasining inson kamolotidagi oʻrni, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish haqida tushunchalar berildi. Oʻquvchilar sevimli kitoblari haqida fikr almashib, ertak va hikoyalardan soʻzlab berdilar.