Qardoshlik rishtalari mehr va sadoqat ko‘prigi
Qardoshlik rishtalari mehr va sadoqat ko‘prigi
"Bizning o‘tmishimiz mushtarak, bugunimiz va kelajagimiz ham birga, bizni ajralmas qardoshlik rishtalari bog‘lab turadi."
Sh.Mirziyoyev
Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi 19-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi hamkorligida "Qardoshlik rishtalari mehr va sadoqat ko‘prigi" mavzusida adabiy-badiiy, musiqali kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehnat faxriylari, MFY raisi, Buloqboshi tuman IIB inspektori katta letenant D.Boboyevlar ishtirok etdilar. Kecha davomida o‘quvchilar qirg‘iz, o‘zbek adiblarining asrlaridan sahna ko‘rinishlari , raqslar namoyish etdilar.Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar Axborot -kutubxona markazining faxriy yorliqlari va esdalik kitoblari bilan taqdirlandilar.