Buloqboshi tumani, Andijon viloyati 91-497-30-47
O'zbekcha
2026-05-19 10:44:26 2420

Yoshlar va qonun ustuvorligi

Asosiy rasm
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari

#Suhbat
#Yoshlar va qonun ustuvorligi

“Qonunni bilgan inson adolat yo‘lidan adashmaydi.”
                             ✍️ Montesquieu

Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida IIB hodimi U.Gʻulomov hamkorligida "Yoshlar va qonun ustuvorligi" mavzusida suhbat oʻtkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga qonunlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati, yoshlarning huquq va majburiyatlari hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi. Suhbat jarayonida ishtirokchilar mutaxassisga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar.

👇Bizni kuzatishda davom eting!

Facebook | Instagram | Telegram | Website | Youtube | Twitter

Teglar: #Kutubxona #Kitobxonlik #Buloqboshi
Ulashish: