Buloqboshi tumani, Andijon viloyati 91-497-30-47
O'zbekcha
2026-05-25 11:23:04 1238

🔔"So'nggi qo'ng'iroq"

Asosiy rasm
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari

🔔"So'nggi qo'ng'iroq"

Bugun mamlakatimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham 2025-2026-o‘quv yilining yakunlanishi hamda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri katta tantana bilan nishonlandi.
​Bayramona bezatilgan maktab hovlisiga ustozlar, ota-onalar va faxriy mehmonlar jam bo‘lishdi. Tadbirni maktab direktori D.To'lanov  ochib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini o'qib eshitirdi. O‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida maktab sha’nini himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Bayram ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Teglar: #Kutubxona #Kitobxonlik #Buloqboshi
Ulashish: