1-Iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
1-Iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Dunyo bolalarniki!
Kulsa gar dunyoning ko‘zlari kular, Ular bor — hayotning fayzi bo‘lakcha. Ertangi kunimiz, baxtimiz ular, Pokiza niyatlar, mitti yurakcha.
Har bir murg‘ak qalbga beringiz omon, Ular begubordir, ular beozor. Bolasi baxtiyor bo‘lgan har zamon, Yuragida aslo ko‘rmaydi g‘ubor.
Urushlar bo‘lmasin, yig‘lamasin jon, Har mitti qadamda gullasin bahor. Keling, asraylik biz ularni har on, Chunki bolalarda dunyoning o‘zi bor!