2026-06-16 12:45:03
2175
Ma'naviyat_soati "Bugungi islohotlar – inson qadri va baxti uchun”
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
#Buloqboshi TAKM
Ma'naviyat_soati
"Bugungi islohotlar – inson qadri va baxti uchun”
Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazida “Bugungi islohotlar – inson qadri va baxti uchun” mavzusida ma’naviyat soati tashkil etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson manfaatlarini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mamlakatimiz taraqqiyotida inson qadri eng oliy mezon ekanligi, har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani yuzasidan fikr almashildi.