# Dolzarb _90 kunlik "Kitob ko'rgazmasi"
#"Dolzarb _90 kunlik"
"Kitob ko'rgazmasi"
📖Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi, 4-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Dolzarb _90 kunlikni kelajak bilan" shiori ostida o'kizilgan tadbirda Respublika Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ming kitob” loyihasi doirasida kitob karvoni orqali yetib kelgan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖Ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi turli yo‘nalishdagi adabiyotlar namoyish etildi. Kitobxonlar yangi kelgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida ma’lumot oldilar.
📖Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda kitobning inson kamolotidagi o‘rnini targ‘ib etishdan iboratdir.