Buloqboshi tumani, Andijon viloyati 91-497-30-47
O'zbekcha
2026-06-23 20:25:23 1727

Malaka oshirish kurslari qizgʻin davom etmoqda. Bugun malaka oshirish mashgʻulotining 2-kuni.

Asosiy rasm
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari

Malaka oshirish kurslari qizgʻin davom etmoqda.



Bugun malaka oshirish mashgʻulotining 2-kuni.

Respublika axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kutubxona rahbarlari uchun notiqlik sanʻati mavzusida mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Unda fikrni aniq va taʻsirchan ifoda etish, auditoriya bilan samarali muloqot oʻrnatish hamda omma oldida erkin soʻzlash koʻnikmalarini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Navbatdagi darsda rahbar va xodimlar oʻrtasidagi xizmat etikasi va estetikasi mavzusi yoritilib, oʻzaro hurmat, masʻuliyat, muomala madaniyati va onlayn muloqot qoidalari haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, media savodxonlik boʻyicha axborotlarni tanqidiy tahlil qilish, ishonchli manbalardan foydalanish va raqamli makonda masʻuliyatli munosabatni shakllantirish muhimligi taʻkidlandi.

✍ Batafsil...

Teglar: #Kutubxona #Kitobxonlik #Buloqboshi
Ulashish: