📚 "Kitob – ma’naviyat va taraqqiyot manbai"
Respublika Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Ming kitob” loyihasi doirasida taqdim etilgan adabiyotlarni keng targ‘ib etish maqsadida Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi "Kitob – ma’naviyat va taraqqiyot manbai" mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📔Kitob ko'rgazmasi jarayonida kitobxonlarga loyihaga kiritilgan badiiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Kitobxonlar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlarni mutolaa qilish uchun tanlab oldilar.
📔Mazkur loyiha yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilmoqda.