Buloqboshi tumani, Andijon viloyati 91-497-30-47
O'zbekcha
2026-06-25 13:10:06 1772

"Bo'lajak kitobxon" intellektual loyihasi

Asosiy rasm
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari

📖Buloqboshi tuman axborot-kutubxona markazi hamda Kelajak  markazi hamkorligida “Bo‘lajak kitobxon” intellektual loyihasining tuman bosqichi tashkil etildi.
📖 AKM xizmat rahbarlari Z. Asronova va N. Qoratoyevalar ishtirok etib, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish borasida o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdilar.
📖Loyiha doirasida ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bellashuv davomida yoshlar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
📖Tadbir yakunida  g‘olib bo‘lgan jamoalar va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Teglar: #Kutubxona #Kitobxonlik #Buloqboshi
Ulashish: