Buloqboshi tumani, Andijon viloyati 91-497-30-47
O'zbekcha
2026-06-26 14:53:30 1738

Ochiq osmon ostida 📚 "Birga-birga o'qiymiz" loyihasi davom etadi.

Asosiy rasm
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari

Kitob – tafakkur, ma'rifat va yuksalish sari yetaklovchi eng yaqin hamrohdir. "Birga-birga o'qiymiz" loyihasi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar va keng jamoatchilikni mutolaaga jalb etish, kitob mutolaasi orqali bilim va dunyoqarashni boyitishga qaratilgan.

Loyiha doirasida:

- qiziqarli kitoblar birgalikda mutolaa qilinadi;
- asarlar yuzasidan fikr va mulohazalar almashiladi;
- kitobxonlar o'rtasida ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va kitob taqdimotlari tashkil etiladi.

Aziz kitobsevarlar! Sizni ham ushbu ma'rifat va kitobxonlikka chorlovchi loyihada faol ishtirok etishga chorlaymiz. Keling, kitob o'qish madaniyatini birgalikda rivojlantiraylik va bilim sari birga odimlaylik!
 

Teglar: #Kutubxona #Kitobxonlik #Buloqboshi
Ulashish: