📚Ziyo istsgan qalblar uchun loyihasi davom etadi! ✍️Teodor Drayzer
📚Ziyo istsgan qalblar uchun loyihasi davom etadi!
✍️Teodor Drayzer
Teodor German Albert Drayzer (Dreiser) (1871.27.8, Terre-Xot - 1945.28.12, Gollivud) — Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi. «Chikago deyli nyus» («Chicago Daily News») gazetasi muharriri. Birinchi yirik asari «Baxti qaro Kerri» va «Jenni Gerxardt» romanlarida oddiy qizlar taqdiridagi ijtimoiy-axloqiy masalalar tasvirlangan. «Istak trilogiyasi»yulg‘ichlikning foydasizligini tushunib yetgan moliyachi haqida. «Daho» va «Amerika fojiasi» romanlarida pulning san’at ustidan fojiali hukmronligi va qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, ijtimoiy «yutuqqa» erishishga intilgan «o‘rta hol» yigitning ma’naviy halokati hikoya qilinadi. «Tayanch»romani, «Yigirma erkak», «Ayollar galereyasi» novellalari, «Baraban qoq!» , «Fojiaviy Amerika» va boshqa publitsistik to‘plamlari nashr etilgan.