2026-08-30 08:38:11
1509
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandim
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
Mening 40 yillik mehnatlarim yurtboshimiz tomonidan eʼtirof etilib, Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandim. Ushbu mukofotga munosib ko‘rilganimdan juda mamnunman.
Bu eʼtirof men uchun nafaqat katta quvonch balki kelgusidagi faoliyatim uchun yanada katta masʼuliyat va kuch bag‘ishlaydi. Menga bildirilgan ishonch va yuksak bahoni qadrlayman.
Shu munosabat bilan meni qo‘llab-quvvatlagan, mehnatimni munosib baholagan tuman hokimligiga, rahbariyatimga, hamkasblarimga va yaqinlarimga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.