2026-09-30 10:38:51
1285
"Ustoz-elga nur sochgan ziyo"
Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazi yangiliklari
#Buloqboshi_TAKM
🧑🏫"Ustoz-elga nur sochgan ziyo"
✍️"Haq yo'linda kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado, oning haqin yuz ganj ila."
A. Navoiy.
🏛Buloqboshi tumani axborot-kutubxona markazida 1-oktyabr O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "Ustoz- elga nur sochgan ziyo" mavzusida kitob va rasmli ko'rgazma tashkil etildi.
📰 Ko'rgazmada ustoz va murabbiylarga atalgan rasm va kitoblar, ular faoliyati haqidagi maqolalar joy olgan.